Tavsifi
ATR Histogram ATR indikatorining boshqa ko'rinishi hisoblanib, uni Uelles Uaylder kichigi ishlab chiqqan va o'zining "Texnik savdo tizimlarining yangi konsepsiyalari" nomli kitobida tavsiflab bergan. Mazkur texnik vosita o'zgaruvchanlikni baholovchi indikatorlar turiga kiradi va undan moliya bozorlarida pozitsiyalarni ochish uchun vosita sifatida foydalanib bo'lmaydi.
Hisoblash formulasi
ATR = SMA((High-Low)[0..i]), bu yerda
i — davrlar soni, SMAni hisoblash uchun foydalaniladi
Savdoda qo'llanilishi
ATR Histogram bozor o'zgaruvchanligini ko'rsatkichi hisoblanadi va narx harakatlari kuchining ortishi va tushishi davrlarini ko'rsatadi. Mazkur indikator klassik ATR indikatoriga asoslangan va hisoblashning standart usilidan ko'ra o'zgaruvchanlikni baholash uchun yanada ko'rsatmali vositani ifodalaydi.
Narx o'zgaruvchanligi — bu ma'lum vaqt oralig'ida narxning o'zgarishi o'lchovidir. Mazkur ko'rsatkich amallar bajarish uchun vosita bo'lib hisoblanmaydi, chunki u narxning ko'tarilishi va pasayishini davrlarini, shuningdek dvivergensiya yoki konvergensiya signallarini ko'rsatmaydi.
Kuchli yo'naltirilgan narx o'zgarishlari holida o'zgaruvchanlik ortadi, bunda narx o'zgarishlarining susayishi o'zgaruvchanlikni kamayganidan dalolat beradi. Bu ko'rsatkich savdo ko'rsatkichi emasligiga qaramay undan molib bozorlarida savdo qararlarni qabul qilishda foydalanish mumkin.
O'zgaruvchanlikning past darajada bo'lishi narx o'zgarishlarining susayganidan dalolat beradi va o'zgaruvchanlik siklik ko'rsatkich bo'lgani sababli pastga tushishdan so'ng narx o'zgarishlarining kuchayishi bilan ifodalanuvchi ko'tarilish keladi.
Oddiy qilib aytganda, teshilish strategiyasi asosida savdo qarorlarini qabul qilishda a'lo darajadagi vosita bo'ladi: agar qo'llab-quvvatlash/qarshilik ko'rsatish darajasini teshib o'tishga signal o'zgaruvchanlikning past qiymatlarida shakllanadigan bo'lsa, u holda undan keyin keladigan narx o'zgarishlarining kuchini ko'rsatuvchi ko'rsatkichning o'sishi trend kuchayotganini anglatuvchi va teshishga signal ortib boruvchi yo'naltirilgan narx oqimi bilan qo'llab-quvvatlanadi.
Shuningdek, o'zgaruvchanlik stop-loss orderini o'rnatish darajasini hisoblash uchun eng optimal ko'rsatkichlardan biri bo'lib hisoblanadi. Uni hisoblash uchun operatsion taymfreymda hozirgi o'zgaruvchanlikning uchta qiymatini olish zarur (o'zgaruvchanlikning qiymati punktlarda ko'rsatiladi; o'zguravchanlikning hozirgi darajasi gistogramma barining balandligiga teng) va agar moliviy aktiv bu omilga ega bo'lsa, spredning qiymatini qo'shish zarur.
Stop-loss orderining mazkur o'lchami ko'pchilik savdo operatsiyalari uchun optimal hisoblanadi, ayniqa kontr-trendli savdo strategiyalaridan foydalanilganda, bunda bitim ochilgandan so'ng narx kirishga qarshi ancha katta masofaga ketmaydi.
InstaForeks ATR Histogram indikatorining parametrlari
ATRperiod = 10