empty
 
 

Tavsifi

IFX_DPO indikatori narx grafigida divergensiya va konvergensiyani aniqlashga, shuningdek bozorda trendni almatirish joyini topishga imkon beradi. IFX_DPO indikatori-ossilyatorlarga turiga tegishli bo'lib, Momentum indikatoridan foydalanish tamoyilishga o'xshaydi.

Hisoblash formulasi

DPO = CLOSE – SMA (CLOSE, (N / 2 + 1)), bu yerda


SMA — oddiy o'rtacha sirpanuvchi;

CLOSE — yopilish narxi;

N — sikl davri.

Savdoda qo'llanilishi

IFX_DPO kompyuter indikatori narxlar harakatidagi yo'naltirilganlik effektini bartaraf etadi. Shu bilan ossilyator valyuta juftliklari grafiklarida ortiqcha xarid qilinganlik/ortiqcha sotilganlik sikllari va darajalarini aniqlash jarayonini soddalashtirish imkoniyatini yaratadi.

FOREX da uzoq muddatli narx sikllari kam davom etuvchi sikllardan iborat bo'ladi. Bunday qisqa muddatli sikllarni tahlil qilish muhim ekstremumlarni aniqlashga yordam beradi. IFX_DPO indikatori uzoq muddatli sikllarning narx o'zgarishlariga ta'sirni bartaraf etishga imkon beradi.

DPO ossilyatorini hisoblash uchun ma'lum davr olinadi. Yolg'on signallar sonini kamaytirish uchun 21 davrdan yoki kamroq davrdan foydalanish tavsiya etiladi.

Agar DPO indikatori chizig'i nol darajani pastdan yuqoriga tomon kesib o'tsa, bu holat pastga tushuvchi trendni yuqoriga ko'tariluvchi trendga almashishi to'g'risida ogohlantiradi. Bunday vaziyatda aktivni xarid qilish zarur. Agar indikator nol chiziqni yuqoridan pastga qarab kesib o'tsa, u holda aktivni sotish zarur, chunki bu trendni ko'tariluvchidan pastga tushuvchiga almashtirishdan dalolat beradi.

Shunindek, IFX_DPO indikatori yordamida divergensiya va konvergensiya signallarini qiyinchiliklarsiz aniqlash mumkin.

IFX_DPO indikatori

IFX_DPO indikatorining parametrlari

IndPeriod = 14

CoutnsBars = 300

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок