"Uchta bir xil qarg'a" modeli ayiqli burilish modelini ifoda etadi. Bu boshqa bir model - "Uchta qora qarg'a"ning alohida turidir. Ular bir-biridan shu bilan farq qiladiki, ikkinchi va uchinchi qora kunlar avvalgi kunning yopilish narxi darajasida ochiladi. Uncha katta bo'lmagan uzilish bo'lishi mumin, lekin u arzimagan darajada kichik bo'ladi.
Modelni qanday qilib tanib olish mumkin?
1. Agar diqqat bilan qaralsa, shuni sezish mumkinki, bunda uchta uzun qora kun pastga tushuvchi "zinapoya"ni shakllantiradi.
2. Istagan kunning ochilish narxi majburiy ravishda avvalgi savdolarning yopili narxiga tenglashtirilgan.
Modelning psixologiyasi va rivojlanish ssenariysi
Model tahlikali sotuvlarnining mavjudligi to'g'risida dalolat beradi. Natijada narxning pasaytiruvchi bosimi kuchayadi. Istagan savdo kunlarning yopilish narxi kelgusi kunning ochilish narxi uchun darajani shakllantiradi. "Uchta bir xil qarg'a" — xaridorlarning jiddiy susayishini o'ziga xos belgisidir.
Modelning moslashuvchanligi
Mazkur model moslashuvchanlikka moyil emas, chunki u "Uchta qora qarg'a" modelining xususiy holi hisoblanadi.
O'xshash modellar
"Uchta bir xil qarg'a" modeli — bu "Uchta qora qarg'a" modelining boshqa turidir.