empty
 
 

Range Rider indikatori 2006 yilda Larri Vilyams tomonidan ishlab chiqilgan va o'zgaruvchanlikni baholash indikatorining boshqa turini ifoda etadi. Ularning yordamida xavflar vujudga kelishi nuqtai nazaridan bitimlarni ochish eng to'g'ri bo'lgan muhim narx hududlarini qiyinchiliksiz aniqlash mumkin.

Hisoblash formulasi

Range Rider = MovingAvg (True Range , 2) / (MovingAvg (True Range , 7)) * 100

Savdoda qo'llanilishi

Range Rider indikatori bozorning o'zgaruvchi ko'rsatkichi hisoblanadi, biroq o'z hisob-kitoblarida narx harakatlari kuchini o'lchashga emas, balki bir o'zgarish darajasini (2 kunlik ATR) ikkinchisiga (7 kunlik ATR) bo'lishdan hosil bo'lgan bo'linmani o'lchashga asoslanadi. Natijada Range Rider indikatorining qiymatlari hisoblanib, ular ancha uzoq muddatli vaqt oralig'ini kamroq uzoq muddatli vaqt oralig'iga ta'sirini hisobga olib, o'zgaruvchanlikning kuchayishini yoki susayishini ko'rsatadi.

Shunday qilib, bozorga kirishning maqbul hududlari Range Rider indikatorining qiymatlari kichik bo'ladigan hududlar bo'ladi: o'zgaruvchanlik tushib ketgan holatda yo narxning teskariga aylanishi, yoki narx tuzatishlari yakunlanishi va narxning harakati oldinga yo'nalishda yangidan boshlanadi. Bu xossadan Range Rifer ning tushib ketishida aktivlarni sotib yoki harid qilib savdoda muvaffaqiyatli tarzda qo'llash mumkin.

Shuningdek, indikatorning muallifi - Larri Vilyamsning fikriga muvofiq yopilish narxi bir kun davomidagi maksimal (yoki pastga tushuvchi trendda minimal) narxga juda yaqin yoki teng bo'ladigan savdo kunlariga e'tibor qaratish muhimdir. Bunday vaziyatlarda Range Rider indikatorining ko'rsatishlarini kuzatish zarur: agar indikatorning qiymatlari yuqori bo'lsa, (narxning ko'tarilishi yoki tushishida) va savdo kuni maksimum yoki minimum darajasida yopilsa, u holda keyingi sessiyada, yoki yaqin savdo kunlarida narxdagi burilishning ehtimoli yuqori bo'ladi.

Range Rider indikatori

InstaForeks Range Rider indikatorining parametrlari

ATRperiod1 = 2

ATRperiod2 = 7

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок