TRIX impulsli indikator analitik J. Hutson tomonidan savdo va yo'naltirilgan narx o'zgarishlarini tahlil qilish uchun taklif etilgan edi. Mazkur indikator katta tsiklni hisobga olgan holda katta bozor trendiga nisbatan arzimagan rax o'zgarishlarini fultrlashga imkon beruvchi qurol sifatida foydalanilishi mumkin.
Hisoblash formulasi
TRIX = K%(EMAn (EMAn ( EMAn))), bu erda
K% oldingi davrga nisbatan olinadi
Savdoda qo'llanilishi
TRIX indikatori – bu uch karra EMA ning yopilishi naxriga nisbatan foizlarda o'zgarishi darajasini ko'rsatadigan asbobdir.
Indikator hisob-kitob qilinayotgan yopilish narxining o'zgarish darajasini o'lchagani uchun u holda indikator chiziqlarining o'sishi barqaror oshish mumkinligini ko'rsatadi. Shunga o'xshash, agar indikatorning qiymatlari pastga tushsa, bu pastga tushuvchi narx harakati rivojlanayotganini ko'rsatadi. Shunday qilib indikatorning nol chizig'ini yuqoriga yoki pastga tomon kesib o'tishi narxning "0" darajasini kesib o'tish yo'nalishida narx harakatini rivojlanishda davom ettirishi mumkinligining mo'ljali hisoblanadi.
TRIX indikatoridan foydalanishda signal chizig'ining indikator asosiy chizig'iga nisbatan holatiga ham e'tibor qilish lozim. TRIX indikatori o'z signal chizig'ini pastdan yuqoriga qarab kesib o'tganda xarid qilish signali paydo bo'ladi, indikator o'z signal chizig'ini pastga tomon kesib o'tganda esa mos holda sotuv signali paydo bo'ladi.
Mazkur indikator impulsli indikatorlar sinfiga kiradi va shu munosabat bilan undan foydalanishning eng maqbul sharti ifodalangan trend harakati hisoblanadi, chunki flet davrida juda ko'p miqdorda yolg'on signallar paydo bo'lishi mumkin.
Mazkur indikatorni uni mexanik savdo tizimi asosida qo'llanish masalasida testdan o'tkazish shundan dalolat beradiki, eng foydali signal indikatorning signal chizig'ini kesib o'tishi hisoblanadi. Indikatorning nol darajani kesib o'tishi narx o'zgarishi bundan keyin ham davom etishi mumkinligi tarzida qarab chiqilishi, lekin nol darajani kesib o'tish yo'nalishidagi pozitsiyalarni ochishga signal tarzida qarab chiqilmasligi kerak.
InstaForeks TRIX indikatorining parametrlari
TRIX_period = 13
Signal + period = 8
Count_bars = 1500