empty
 
 

Will-Spread texnik indikatori Larri Vilyams tomonidan ishlab chiqilgan va uning "Qisqa muddatli savdoning uzoq muddatli sirlari" nomli kitobida tavsiflangan edi. Mazkur indikator ikki: birlamchi va ikkilamchi moliya bozorida narx o'zgarishlarini taqqoslovchi eng kuchli moliyaviy ko'rsatkichlarning biri hisoblanadi. Bunday taqqoslashdan maqsad mazkur aktivga ta'sir ko'rsatuvchi bozor signallari orqali moliyaviy aktivda pozitsiyalarning ochilishi/yopilishiga signallarni ajratish hisoblanadi.

Hisoblash formulasi

Spread = (Close (market1, n)/Close (market2, n))*100

Will-Spread = EMA (5, Spread) – EMA (20, Spread)

Savdoda qo'llanilishi

Savdoda Will-Spread indikatori qo'llanilishining asosiy metodi indikator chizig'ining "0" darajani kesib o'tishini baholash hisoblanadi. Agar indikator nol darajani pastdan yuqoriga tomon kesib o'tsa, o'sishning davm etishini kuzatish zarur, agar indikator nol darajadan pastga tushib ketgan holda narxning tushishi davom etishini kutish zarur.

Indikator muallifi mazkur indikatordan quyidagi filtr nuqtai-nazaridan foydalanishni taklif etgan: Will-Spread indikatori chizig'i nol darajani kesib o'tgandan so'ng signal baridan keyin keluvchi barning shakllanishini kutish zarur. Agar yangi bar avvalgisidan maksimum/minimum yuqori/past barni shakllantirsa, u holda bitimga kirish kerak. Agar bar yangi maksimum/minimumni shakllantirmasa bitimga kirish tavsiya etilmaydi.

Will-Spread indikatorini hisob-kitob qilishning asosiy sharti valyuta juftligiga eng katta ta'sir ko'rsatuvchi aktivni tanlash hisoblanadi. Qo'shni moliyaviy bozorlarning eng ko'p tarqalgan aktivlari oltin (GOLD), neft (#CL), S&P-500 (#SPX) indeksi va Nikkei-225(#N225) indeksi. Birinchi ikki aktiv Forex bozorining asosiy valyuta juftliklari uchun qo'llanishi mumkin, ayni vaqtda fond indekslari USD/CHF va USD/JPY kabi valyuta juftliklarida ilgarilovchi signallarni shakllantiradi.

Will-Spread indikatori

InstaForeks Will-Spread indikatorining parametrlari

FastMAperiod = 3

SlowMAperiod = 15

SecondMarket = GOLD

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок